Isroilda musulmon bo‘lmaganlarning al-Aqso masjidiga kirishi taqiqlandi

Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Ramazon oyi oxirigacha yahudiy va musulmon boʻlmaganlarga Al-Aqso masjidiga qadam bosish taqiqlanishini eʼlon qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu bilan birga hukumat Quddusning Eski shahrida joylashgan Maʼbad togʻi va unga olib boradigan yoʻllarda namozxonlarni himoya qilish uchun barcha zarur xavfsizlik kuchlarini joylashtiradi.

Maʼlumot uchun, 31 mart kuni falastinlik 26 yoshli yigit Isroil harbiylarining hujumiga uchragan ayolni himoya qilishga uringanida otib o‘ldirilgan edi. 5 aprel kuni esa Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga hujum qildi. Oqibatda taxminan 100 nafar falastinlik tan jarohati olgan.

Isroil va Falastin harakati o‘rtasidagi ziddiyat yahudiylarning Fisih, musulmonlarning muqaddas Ramazon oyini nishonlash vaqtida yuzaga kelgan.