Istanbul kutubxonalaridagi Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari

Hozirda Istanbuldagi to‘rtta kutubxonada Alisher Navoiyning illyustratsiyali qo‘lyozma asarlarining salmoqli to‘plami mavjud.

Ulardan uchta to‘plamga – To‘pqopi saroyi muzeyi kutubxonasidagi, Istanbul universiteti kutubxonasi Turk va islom sanʼati muzeyidagi sobiq Usmoniylar imperatorlari xazinasidan jalb qilingan kitoblar kiradi. Sulaymoniya kutubxonasida esa o‘sha davrdagi Usmoniylar xayriya jamg‘armalaridan olingan kitoblar saqlanadi. Ularning baʼzilari hukmron sulola aʼzolarining tasarrufida bo‘lgan.

Bu yerda taqdim etilgan o‘n yettita qo‘lyozma XVI asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri kelgan yoki shu davrga tegishli bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi Hirotdan Istanbulgacha, Buxorodan Sherozgacha cho‘zilgan turk-fors dunyosi olamiga mansub.