Istanbulda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Oliy mansabdor shaxslar qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 12-13-may kunlari Istanbul shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotib oʻrinbosari doktor Oʻmer Kojaman raisligida Tashqi ishlar vazirliklarining yuqori mansabdor shaxslari hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat delegatsiyalar ishtirokida 33-Yuqori mansabdor shaxslar qoʻmitasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yig'ilish doirasida bir vaqtning o'zida Turkiy Davlatlar Tashkilotining siyosiy va huquqiy masalalarini muhokama qilish bo'yicha yig'ilishlar o'tkazildi.
Delegatsiyalar Tashkilotning strategik va huquqiy hujjatlarini ko‘rib chiqdilar hamda kun tartibidagi boshqa masalalar qatorida bo‘lajak Sammitni tashkil etish va ekologik muammolarni hal etishning yangi mexanizmlarini yaratish yuzasidan fikr almashdilar.






