Istanbulda Turkiy Kengashning media forumi bo'lib o'tadi

22-24-oktabr kunlari Istanbulda Turkiy Kengashning “Olis oʼtmish, kuchli kelajak” nomli media-forumi bo‘lib o‘tadi.

Media-forumning ochilishida Turkiy Kengash Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni huzuridagi aloqa bo'limi boshlig'i Fahrettin Altun, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, shuningdek, Prezident Rajab Toyyib Erdog'on videomurojaatda so'zga chiqadi.

Forumda Turkiy Kengashga a'zo davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Media-tur doirasida "Umumiy madaniy kelajak: turk dunyosida teleseriallar va kinosanoati" mavzusida tadbir, shuningdek, Turkiy dunyo mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan maxsus Olis oʼtmish, kuchli kelajak nomli sessiya o'tkaziladi.

Media-forumning ikkinchi kuni Turk dunyosining yangi Ulug'beklari, Alishers Navoiylari, Xoja Ahmad Yassaviylari nomi ostida seminar tashkil etiladi.

Shuningdek, "Turk dunyosi kelajagini loyihalash", "Birlik bilan erishilgan g'alaba: Qorabog" mavzularida davra suhbatlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Forum yakunida ishtirokchilar Turkiya davlat teleradiokompanisiga (ТРТ) tashrif buyurishadi. Bosfor va Aya Sofiya masjidiga press-turlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.