Istanbulda zilzilalardan jabrlangan 1200 dan ortiq inson davolanmoqda

Anadolu agentligining xabar berishicha, Istanbulda tabiiy zilziladan jabrlangan 9 653 kishiga shifoxonalarda ruxsat berildi, hozirda 1 214 kishi davolanishni davom ettirmoqda.
Qayd etilishicha, ofatdan jabrlangan fuqarolar xususiy va davlat shifoxonalariga, shuningdek, OTMlar huzuridagi tibbiyot muassasalariga taqsimlangan.
Umumiy hisobda zilzilalar boshlanganidan buyon Istanbulga 10 867 nafar yarador olib kelingan, zilzila qurbonlari soni 41 mingdan oshgan.






