Istanbuldagi xalqaro ko'rgazmada O'zbekiston mebel sanoati namoyish etildi

O'zbekiston mebel sanoatining yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchilari 2021-yil 3-8 avgust kunlari 17-Xalqaro Istanbul mebel ko'rgazmasida (CNR Mobilya Fair) ishtirok etmoqda.

Ko'rgazmada Ixlos, Wellwood, Sabura, Aiko, Avan, Dafna, E'tiqod, Alberi, Kashtan, Afat va boshqa O'zbekiston taniqli brendlari o'zlarining eng yangi yutuqlari va mahsulot namunalarini namoyish etishdi.

Mazkur ko'rgazma mebel sanoatining ahamiyatini oshirdi, bu yagona platforma bo'lib, unda butun dunyodan ishlab chiqaruvchilar, potentsial xaridorlar va mutaxassislar hamkorlik masalalari yuzasidan innovatsion g'oyalar va takliflar bilan almashishlari, shuningdek, keyingi birgalikdagi faoliyat to'g'risida muhim kelishuvlarga erishishlari mumkin.