Istanbuldan Xorazmga samolyot yetib keldi

Bugun, 12-iyun kuni Turkiya mehmonlari Istanbuldan Airbus A 321 samolyotida Urganch xalqaro aeroportiga yetib kelishdi.

Ekipaj a'zolariga non va shirinliklar sovg'a qilindi, shuningdek, Xorazm qo'shiqlari ijro etildi. Tadbirda Turkiyaning O'zbekistondagi elchisi Olgan Bekar, hamda hokimiyat rahbariyati va Urganch xalqaro aeroporti rahbariyati bilan Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi ishtirok etishdi.

Ta'kidlash joizki, “Turkish Airlines” va “Urganch xalqaro aeroporti” o'rtasidagi kelishuvga binoan Istanbul-Urganch yo'nalishi bo'yicha aviareyslar haftada bir marta (aynan juma kunida) amalga oshiriladi.