Аfgʼonistonga insonparvarlik yordamini jo’natishdan koʼra uni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash yaxshiroq

ShHT sammitidagi nutqida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif kuchli suv toshqinidan keyin Pokistonga yordam ko‘rsatgan ShHT davlatlariga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Bosh vazir dunyo hamjamiyati Аfgʼonistonga insonparvarlik yordamini jo’natishdan koʼra uni iqtisodiy jihatdan tiklashga yordam berishi maʼqul ekanini taʼkidladi.

Bosh vazirining eslatishicha, Pokistondagi tabiiy ofat natijasida millionlab odamlar evakuatsiya qilingan, 1400 kishi halok bo‘lgan, ulardan 400 nafari bolalar. Millionlab uylar to'liq yoki qisman vayron bo'lgan.

“Oxirgi 40 yil davomida men davlat boshqaruvida ishladim, lekin bunday ulkan ofatni hech qachon ko‘rmaganman. Bu falokat edi”, - deydi Pokiston Bosh vaziri.