IT mutaxassislariga yaratilayotgan sharoitlar

2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" da amalga oshirish maqsadida 2021-yil 1-iyundan boshlab yoshlar uchun xalqaro IT - sertifikatlarni olish qiymatining 50% ni davlat tomonidan qoplash tartibi joriy etilmoqda;

 

Mutaxassis hisobiga mablag'lar Axborot Texnologiyalari va Telekommunikatsiyalar Vazirligi mablag'laridan, 2022 yildan esa respublika Davlat budjetining ajratilgan mablag'lari hisobidan o'tkaziladi.

IT mutaxassislarini qo'llab-quvvatlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2021 yildagi 310-sonli "Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan tasdiqlangan.