IT sohasidagi atamalar uchun izohli lug’at

O’zbekistonda IT sohasidagi atamalar uchun izohli lug’at ishlab chiqarildi. Alifbo tartibida joylashtirilgan 10 mingga yaqin atamani o‘z ichiga olgan mazkur izohli lug‘at to'liq lotin yozuvida. Unda o‘zbek alifbosidagi atamalarning ta’rifi va ingliz, rus tillaridagi muqobili keltirilgan.
Qayd etilishicha, izohli lug’at vazirlik hamda “UNICON.UZ” DUK mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilib, o’zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 2000 nusxada nashr qilingan. Undan ko’zlangan maqsad AKT sohasi xodimlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan terminologik bazani shakllantirishdan iborat.
Kitob Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi korxona, tashkilotlar, hamda mamlakatimizda faoliyat yurituvchi barcha vazirlik, idoralar, mahalliy hokimliklarga bepul tarqatiladi.






