Italiya moda olami vakillari "O‘zbekipaksanoat" uyushmasida

Bugun 3 noyabr kuni Birlashgan millatlar tashkilotining "Etika va moda" tashabbusi prezidenti Simoni Chipriani va bir guruh italiyalik dizaynerlar "O‘zbekipaksanoat" uyushmasiga tashrif buyurdi.
O‘zbek ipagining dog‘rug‘i nafaqat Sharqda, balki G‘arbda ham ma’lum-u mashxur. Uning jilosi, jozibasi Yevropa moda olamini ham zabt etmoqda. Tadbirda yig‘ilganlar suhbati bugungi trend - aynan qadimiy qadriyatlarni qayta tiklash ekanini ta’kidlashdi.






