Italiyada mamlakatga kirishdagi barcha koronavirus cheklovlari bekor qilindi

Moldovaning Italiyadagi elchixonasi xabariga ko’ra, 1-iyundan boshlab Italiyada malakatga kirishdagi barcha koronavirus cheklovlari bekor qilindi.
"Italiya Sogʼliqni saqlash vazirligining press-reliziga koʼra, 31-may kuni sogʼliqni saqlash vazirining Italiyaga kirish uchun COVID-sertifikatini (yashil yoʼllanma) talab qiluvchi farmoni oʼz kuchini yoʼqotdi. Bu chora uzaytirilmagan, demak, Koronavirus sababli sanitariya holati bilan bogʼliq hech qanday cheklovlar boʼlmaydi”, — deyiladi elchixona xabarida.






