Italiyaning «Yuventus» klubiga yangi prezident va direktorlar tayinlandi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18-yanvar kuni Turinda “Yuventus” aksiyadorlari yig‘ilishi o’tkazilib, unda direktorlar kengashiga yangi a’zolar tayinlandi. Italiyalik tadbirkor Janluka Ferrero “Yuventus”ning yangi prezidenti bo’ldi.

“Yuventus”ning 63,8% aksiyasiga egalik qiladigan Exor kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo’yicha direktorlar kengashi a’zolari tayinlangan. Ular: Fioranna Vittoriya Negri, Mauritsio Skanavino, Janluka Ferrero, Diego Pistone hamsa Laura Kapyello hisoblanadi.

Italiyalik tadbirkor Janluka Ferrero “Yuventus”ning yangi prezidentiga aylandi, Skanavino esa ijrochi direktor lavozimida ishlaydi.

Bir muddat avval, “Yuventus”ning sobiq prezidenti Andrea Anyelli, sport direktori Pavel Nedved va rahbarlar iste’foga chiqqan edi.