ITB Guruhi Tartib-taomillar bo‘yicha qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

ITB Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani dasturi doirasida vazifalariga Yillik anjuman kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish bo‘lgan Bank ichki organi, Tartib-taomillar bo‘yicha qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish chog‘ida ITB 2020 yildagi amaliy va moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqildi, ITB, “AWQAF” Ko‘chmas mulk investitsiya jamg‘armasi, “Vaqf” Butunjahon jamg‘armasi hamda Fan, texnologiya va innovatsiyalarni transformatsiyalash Jamg‘armalarining smetalari bo‘yicha hisobotlar tasdiqlandi va tashqi auditorlar tayinlandi. Shuningdek, 2021-2022 yillarga Qo‘mita raisi va uning ikki nafar o‘rinbosarlari saylandi, 2022 yilda Boshqaruvchilar Kengashining 47-Yillik anjumanini o‘tkazish uchun Tartib-taomillar bo‘yicha qo‘mitasining tarkibi belgilandi.






