ITSV: O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun yosh liderlar dasturi ishga tushirildi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov 8 dekabr kuni Dubay shahrida “EXPO 2020 DUBAI” Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gergavi bilan uchrashdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan, 2019 yildan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturining ijrosi muhokama qilindi.
Dasturning barcha 25 ta yo‘nalishi, jumladan, “Bir million o‘zbek dasturchisi”, “Hukumat akseleratori”, “Xavfsiz shahar” kabi loyihalar, shuningdek, milliy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, sug‘urta sohasini takomillashtirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, innovatsiyalar, sanoat salohiyatini rivojlantirish kabi dastur doirasidagi hamkorlikning boshqa sohalarida erishilgan yutuqlar atroflicha muhokama qilindi.






