ITSV rahbariyati Oliy Majlisi Senati qoʼmitasi yigʼilishida ishtirok etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʼmitasining yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Unda Senat aʼzolari, Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari kompleksi rahbariyati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yigʼilishda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yigirma uchinchi yalpi majlisida koʼrib chiqilishi nazarda tutilgan masalalar, “Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʼgʼrisidagi 167-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi, “MDH ishtirokchi-davlatlarining soxta tovar belgilari va geografik koʼrsatkichlardan foydalanishning oldini olish va unga chek qoʼyish boʼyicha hamkorligi toʼgʼrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar loyihalari, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Koreya Respublikasi Milliy Аssambleyasi bilan hamkorlik boʼyicha komissiyasini tashkil etish toʼgʼrisidagi masalasi muhokama etildi.