ITSV vakili Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʼrinbosari etib tayinlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq, Ulugʼbek Аbduvaliyevich Egamov Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʼrinbosari etib tayinlandi.

U.Egamov mazkur tayinlovdan avval, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Ijtimoiy soha va farmatsevtika tarmogʼi boshqarmasi boshligʼi sifatida, shuningdek Vazirlikning turli tarkibiy boʼlinmalarida hamda boshqa tashkilotlarda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.

Yangi lavozimda U.Egamovga investitsiyaviy loyihalar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini yaratish va Oʼzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʼida investitsiyaviy muhitni yuksaltirish vazifasi yuklatilgan.