ITSV vakillari yangi lavozimlarga tayinlandi

Davlat rahbarining va hukumat qarorlariga muvofiq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining bir qator tarkibiy boʼlinmalari rahbarlari yangi lavozimlarga tayinlandi.

Jumladan, ijtimoiy soha va farmatsevtika sanoati Boshqarmasi boshligʼi Egamov Ulugʼbek Аbduvaliyevich Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʼrinbosari etib tayinlandi;

yengil va elektr sanoati Boshqarmasi boshligʼi Sultonov Mirmuhsin Mirsodiqovich “Oʼztekstilsanoat” uyushmasi raisining birinchi oʼrinbosari etib tayinlandi;

Geologiya, togʼ – kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari Boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari Egamberdiyev Bunyod Baxtiyarovich Oʼzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy va turizm masalalari boʼyicha maslahatchisi etib tayinlandi;

Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik qilish Bosh boshqarmasi boshligʼi Jumaev Shohjahon Shokirovich Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining oʼrinbosari etib tayinlandi.

1-iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov vazirlik jamoasi bilan boʼlib oʼtgan uchrashuv chogʼida yuqoridagi rahbarlarning yangi lavozimlarga tayinlanganlari bilan samimiy tabriklab, keyingi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.