Jadidlar faoliyatiga atalgan xalqaro ilmiy konferensiya oʻz ishini boshladi

Bugun 6-mart O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi xuzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Turkiy Davlatlar Tashkiloti hamkorlikda tashkil qilingan “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g’oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo’shgan hissasi” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi.

Ilmiy-amaliy konferensiyani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov Prezident murojaati bilan ochib berdi.

Mazkur konferensiya Oʼzbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotidagi (TDT) raisligi doirasida oʼtkazilmoqda.

Konferensiyada АQSh, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Qozogʼiston, Shvetsiya va Germaniya kabi mamlakatlarning nufuzli jadidshunos olimlari ishtirok etishi koʼzda tutilgan.