Jahon banki: bu yilgi global iqtisodiy o'sish 30 yil ichida eng past bo'lishi mumkin

Jahon banki global iqtisodiy o‘sish prognozlarini 3 foizdan 1,7 foizga tushirdi.
Bu ko'rsatkich 2009 va 2020 yillardagi inqiroz yillarini hisobga olmaganda, so'nggi 30 yildagi eng past ko'rsatkichdir.

Ukrainadagi urush va milliy markaziy banklar tomonidan foiz stavkalarining oshishi tufayli ko‘plab davlatlar tanazzul yoqasida. Sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining o'sish sur'atlari pasayadi. AQSh va Yevropa mamlakatlari uchun o'sish sur'atlari 0,5 foizni tashkil etadi, deyiladi hisobotda.

Bundan tashqari, navbatdagi geosiyosiy keskinlik yoki virusning yangi to‘lqini kabi kutilmagan zarbalar tufayli global tanazzul boshlanishi mumkinligidan qo‘rquvlar mavjud.

Rivojlanayotgan mamlakatlar investitsiyalarning chiqib ketishi muammosiga duch kelishi mumkin. Hozir bu davlatlar katta miqdordagi davlat qarzi va zaif milliy valyutadan aziyat chekmoqda.