Jahon bankining mintaqaviy direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Xakimov Raximjon Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson taraqqiyoti masalalari bo‘yicha mintaqaviy direktori Fadiya Saada xonimni qabul qildi.

Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir oʻrinbosari R.Xakimov tomonidan bugungi kunga qadar oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, ta’lim sifatini yaxshilash, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, so‘nggi 5 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 65 tadan 152 taga yetganligi, qabul o‘rinlari 2,5 baravarga ortishi natijasida oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va qo‘shimcha laboratoriya to‘plamlariga, shu bilan birga, yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari (agrobiotexnologiya, sun’iy intellekt va robototexnika kabilar) hisobiga zamonaviy laboratoriya to‘plamlariga bo‘lgan ehtiyoj oshayotganligi ta’kidlandi.