Jahon bozorida mineral oʼgʼitlar va yoqilgʼi narxlari oshgani moliyaviy vaziyatga ta’sir qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʼpaytirish orqali bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda biznesni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha sharoitlar yaratish borasida videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.
Dunyoda sodir boʼlayotgan voqealar sabab jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʼtgan asrning 80-yillaridagidan ham yuqori darajalarda oʼsayotgani taʼkidlandi.
Xususan, mart oyida dunyo boʼyicha oziq-ovqat narxlari 2021 yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshdi.
Аyniqsa, yil boshidan jahon bozorlarida bugʼdoy narxi – 20 foiz, makkajoʼxori – 19 foiz, ozuqa donlari – 20 foiz va oʼsimlik yogʼi – 23 foizga koʼtarildi.
Joriy yilda yogʼingarchilik hisobiga, vodiy, Toshkent viloyati va Samarqandda suv zaxirasi 20 foizga koʼpaygani bilan, Qoraqalpogʼiston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmda suv taʼminoti boʼyicha qiyinchiliklar boʼladi.
Jahon bozorida mineral oʼgʼitlar va yoqilgʼi narxlari 2 baravarga oshgani, albatta, klaster, fermer va dehqonlarning yetishtirayotgan mahsulotlarining tannarxiga hamda moliyaviy ahvoliga taʼsir qiladi.






