Jahon iqtisodiy forumining 53-yillik yig‘ilishi o’z ishini boshladi

“Euronews” telekanali xabariga ko’ra, yuzdan ortiq mamlakat vakillari, ellikdan ortiq davlat va hukumat rahbarlari Davosda dunyo duch kelayotgan oziq-ovqat, energetika va boshqa inqirozlarni hal etish yo‘llarini muhokama qiladilar.

Dushanbadan boshlab 20-yanvarga qadar davom etadigan Jahon iqtisodiy forumining 53-yillik yig‘ilishida xavfsizlikdan tortib, atrof-muhitga qadar bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga olgan munozaralarni “Bo‘lingan dunyoda hamkorlik” mavzusi birlashtiradi, deya qayd etiladi xabarda.

“Biz ko‘plab siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy kuchlar global va milliy miqyosda bo‘linish kuchayib borayotganini ko‘rayapmiz. Bu yil Davosda ellikdan ortiq davlat va hukumat rahbarlarining ishtirok etishi rekord natijadir”,- deya ta’kidlagan Jahon iqtisodiy forumi ijrochi raisi Klaus Shvab.