Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “ShHT-2022” modeli bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “ShHT modeli-2022” interaktiv o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning turli fakultetlaridan yosh tafakkur vakillari ishtirok etdilar. Joriy modelning mavzusi “ShHTning ekologik diplomatiyasi: farovonlik yo‘lida ekologik hamkorlik” bo‘ldi.
Mazkur loyiha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan ShHT Yoshlar platformasi SCOLAR tarmog‘i bilan hamkorlikda ShHT Kotibiyati ko‘magida amalga oshirilmoqda. Qo‘shma tadbir tashkilotchilari JIDU Talabalar kengashi vakillari hisoblanadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti modelining asosiy maqsadi ShHTga a’zo mamlakatlarning oliy darajadagi sammitlarida siyosiy muhokamalarni modellashtirish formati doirasida yoshlarning tashkilot faoliyatiga qiziqishini rag‘batlantirishdan iborat. Amaldagi “ShHT modeli” tashkilotning asosiy mexanizmlaridan biri – ShHTga aʼzo davlatlar davlat rahbarlari kengashi faoliyatini takrorladi. Tadbir yoshlar o‘rtasida tashkilot faoliyatini yanada yaxshiroq tushunishga xizmat qildi. Unda ShHT mintaqasining 9 davlatidan aʼzo davlatlar va ShHT Kotibiyati vakillaridan iborat delegatlar ishtirok etdi.
ShHT Modeli delegatlari ekologik tahdidlarga nisbatan xalqaro mintaqaviy faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha takliflar bilan taqdimot qildilar, mintaqaning yanada inklyuziv global o‘sishi manfaatlari yo‘lida ekologiya sohasida har tomonlama hamkorlikni ShHT mintaqasida mustahkamlash istiqbollari va chora-tadbirlarini muhokama qildilar. Ular delegatsiyalardan taklif etilgan tashabbuslar bilan yakuniy hujjat – Deklaratsiyani muhokama qildilar.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqandda bo‘lib o‘tgan tarixiy sentabr sammitida yuqoridagi muammolarni hal etish yuzasidan bildirilgan takliflarining aniq va amaliy mohiyatini ham ta’kidladilar.
Konferensiya yakunida tadbir ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar, “Eng yaxshi ma’ruza”, “Eng yaxshi delegat”, “Eng yaxshi debyut” va “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar diplom bilan taqdirlanadilar.






