Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Venada tashkil etilgan Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari sammitida ishtirok etdi.

Unda pandemiya oqibatlarini bartaraf etish va mamlakatlarni pandemiyadan so‘ng tiklashda ayollarning ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi hamda dolzarb masalalarga parlamentning samarali ta’sir choralari ko‘rib chiqildi.

Parlamentlar ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammitini 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Dunyo mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlari ishtirokida bunday yuqori darajadagi tadbir mamlakatimiz va umuman mintaqada ilk marotaba tashkil etiladi.