Jami 762 nafar O’zbekiston fuqarosi Ukrainadan evakuatsiya qilindi

Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da Polshaning Katovitse shahridan 253 nafar O‘zbekiston fuqarosi “Uzbekistan Airways”ning uchinchi maxsus reysi bilan yurtimizga olib kelindi.

Ayni damda Polsha hududi orqali Ukrainadan olib chiqib ketilgan O‘zbekiston fuqarolarining umumiy soni 762 nafarni tashkil qilmoqda.