Jamol Nosirov Buxoroning yangi hokimi etib tayinlandi

Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari yig'ilishida Nosirov Jamol Shuxratovich Buxoro shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

 

2020 yil aprel oyidan hozirgi kungacha u madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari, 2017-2020 yillarda Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

 

Jamol Nosirovga yangi lavozimda muvaffaqiyatlar va katta imkoniyatlar tilaymiz!