Jamshid Inoyatxodjaevga Bright Uzbekistan jurnali taqdim etildi

Bright Uzbekistan jurnalining birinchi soni qahramonlaridan biri, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori, Jamshid Inoyatxodjaevga jurnal taqdim etildi.

Jamshid Inoyatxodjaev loyihaning birinchi soni uchun bergan intervyudan bizning kuzatuvchilarimiz Universitet haqida to'liqroq ma'lumotga ega bo'lishlari mumkin. Shuningdek yurtimizdagi oliy ta'lim sohasining rivoji haqida qator yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Intervyuning video ko'rinishini Youtube sahifamizda ham tomosha qilishingiz mumkin.

Uchrashuv jarayonida Bright Uzbekistan loyihasining keyngi sonlari borasida hamda o'zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.