Jamshid Xodjayev nomzodi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga maqullandi

2022 yil 16 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xodjayev nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.






