Janubiy Korea Ukrainaga qurol yetkazib berishi mumkin

Janubiy Koreya Ukrainaga Rossiya bosqiniga qarshi kurashda yordam bermasligini aytganidan bir yil o‘tib, mamlakat Prezidenti Kiyevga yordam koʻlamini kengaytirish istagi borligini bildirdi. U bu haqda “Reuters”ga bergan intervyusida soʻz ochdi.
“Janubiy Koreya Ukrainaga gumanitar va moliyaviy ko'makdan ham koʻproq yordam berishi mumkin. Agar vaziyat o'ta yomonlashsa, masalan, tinch aholining qirg'ini yoki urush qonunlarining jiddiy buzilishi yuzaga kelsa, biz uchun gumanitar yoki moliyaviy yordam bilan chekinish qiyin bo'lib qoladi”, deya ta'kidladi Yun Sok Yol.
Uning taʼkidlashicha, xalqaro va ichki qonunlarga zid ravishda, noqonuniy bosib olingan mamlakatni himoya qilish va tiklash yoʻlida yordamni kengaytirish uchun cheklovlar boʻlmaydi.






