Janubiy Koreya jamiyatdan uzilib qolgan yoshlar uchun nafaqa joriy qilmoqchi

Janubiy Koreya hukumati yolg'iz yaʼni jamiyatdan ajralib qolgan yoshlarning uylaridan chiqib insonlar bilan aralashishi, universitet, maktab va ishga qaytishi uchun ularga 500 dollar atrofida nafaqa puli to'lashni rejalashtirmoqda.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, “Hikikomori” deya ataladigan bunday sindromdan 19 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan 350 mingga yaqin kishi aziyat chekmoqda. Sindrom yaponcha atama hisoblanib, jamiyatdan haddan tashqari o'zini uzib qo'yishni anglatadi.

“15 yoshimda oiladagi zo‘ravonlik meni shunchalik tushkunlikka soldiki, natijada yolg‘iz yashay boshladim. Ko'pincha vaqtimni uxlash, ovqatlanish va yana uxlash bilan o'tkazardim", deydi “Hikikomori”ga chalingan yoshlardan biri.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya tashqi koʻrinishdagi turli nuqsonlar (jarohat, chandiq)idan uyaladigan o'smirlarga ham davolanish uchun pul ajratishni rejalashtirmoqda.