Janubiy Koreya mamlakatga kirish uchun majburiy PZR-testini bekor qildi

Uzbekistan Airwaysning xabariga ko’ra, 2022-yilning 3-sentabridan boshlab Janubiy Koreya mamlakatga kelayotgan yo‘lovchilarga PZR-testlarini taqdim etish talablarini bekor qildi.

Qayd etilishicha, Koreya Respublikasiga kirish uchun maxsus karantin shaklini havo kemasi bortida to‘ldirish va mamlakatga kirish chog‘ida karantin xizmati xodimlariga taqdim etish qoidalari saqlanib qoladi.

Shuningdek, mamlakatga kelgach sayyohlar 24 soat ichida COVID-19 uchun PZR-testini topshirishlari, test natijalari to‘g‘risida esa karantin xizmatini elektron manzil orqali xabardor qilishlari majburiydir.

Ta’kidlanishicha, bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini taʼminlashga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.