Janubiy Koreya NАTO kiberxavfsizlik markaziga aʼzo boʼldi

Koreya Respublikasi milliy razvedka xizmati Estoniyada joylashgan NАTOning kiberxavfsizlik boʼyicha hamkorlik markaziga aʼzo boʼldi. Bu haqda Koreya maxsus xizmatiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Shu tariqa tuzilmaga Sharqiy Osiyoning ilk davlati qabul qilindi.
“Biz markazga yuboriladigan xodimlar sonini koʼpaytirish va qoʼshma mashgʼulot koʼlamini kengaytirish orqali kiber imkoniyatimizni jahon darajasiga koʼtarish niyatidamiz”, dedi Janubiy Koreya razvedkasi vakili.
Mamlakat milliy razvedka guruhi ushbu tashkilotga 2019-yil qoʼshilish niyatini bildirgan va 2020-yildan boshlab kiberxavfsizlik boʼyicha mashgʼulotlarda qatnashib keladi.
P.S. 2008-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur uyushmaning 32 aʼzo-davlatidan 27 tasi NАTO tarkibiga ham kirgan.






