Janubiy Koreyaning Rossiyaga avtomobillar eksporti birinchi choraklikda 37,7 foizga tushgan

Ma’lumotlarga ko’ra, bu avvalgi yilning shu davri bilan solishtirilganda 355 million dollar kam.
Janubiy Koreyaning dunyo bozoriga chiqarayotgan avtomobillari 0,6 foizga, ya’ni 10,9 milliard dollarga pasaygan. Ushbu pasayish 2020-yilning birinchi va ikkinchi choragida kuzatilgan edi.
Salbiy tendensiyaga sabab sifatida bozorda mikrosxemalarning yetishmovchiligi, yetkazib berishdagi uzilishlar va Rossiyaning Ukrainada maxsus amaliyot boshlagani aytilmoqda. Janubiy Koreyaning jami eksportida avtomobil sanoati 7 foizni tashkil etadi.
O‘tgan dushanba kuni Hyundai Motorning ijrochi direktori o‘rinbosari Gan Xyon kompaniya Ukrainadagi vaziyat tufayli hamda sarf-xarajatlarni optimallashtirish maqsadida bu yil Rossiyaga investitsiya kiritishni to‘xtatib turish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgani haqida bayonot bergan edi.
Birinchi chorakda Rossiya bozorida amalga oshirilgan avtomobil savdosi 25 foizga tushgan. Hyundai Motor mart oyidan boshlab Sankt-Peterburgdagi zavodini ham yopgan edi.






