Jazeera Airways Al-Quvayt–Samarqand yo'nalishi bo'yicha parvozlarni yo'lga qo'yadi

“Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabariga ko’ra, Quvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi Al-Quvayt va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlamoqda. Birinchi reys 2023-yilning 15-fevraliga mo‘ljallangan.

Ta’kidlanishicha, Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.