Jazeera Airways Quvayt va Namangan o‘rtasida aviaqatnovlarni yo’lga qo’yadi

Quvayt aviakompaniyasi 13-oktabrdan yangi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlarni yo’lga qo’yadi. Parvozlar haftada uch marta - dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
"Quvaytdan Namanganga birinchi muntazam reys Turizm uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi”, deya qayd etgan aviatashuvchi Bosh direktori Rohit Ramachandran.
Ta’kidlanishicha, Jazeera Airways 2021-yil bahorida O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat olgan. O‘tgan iyul oyidan boshlab Loukoster aviakompaniya Quvayt va Toshkent o‘rtasida parvozlarni amalga oshirishni boshlagan.
P.S. Jazeera Airways 2004-yilda tashkil etilgan va 2008-yilda Quvayt fond birjasida ro‘yxatga olingan. 2018-yilda o'z maxsus terminali faoliyatini yo’lga qo’ygan mazkur aviakompaniya yaqin Sharq va Yevropa bo'ylab parvozlarni amalga oshiradi.






