JCH-2022 dagi ilk durang: AQSh va Uels

22-noyabr kechasi soat 00:00 da JCH-2022ning B guruhidan joy olgan ikkinchi o‘yin AQSh va Uels terma jamoalari uchrashuviga start berildi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Avvalroq ushbu guruhdan joy olgan Angliya va Eron terma jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh — Uels o‘yini Ar-Rayyan shahridagi Ahmad bin Ali stadionida bo‘lib o‘tdi. Ushbu stadionni, shuningdek, Ar-Rayyan stadioni deb ham atashadi. Maydonga 40 ming kishini sig‘dirish mumkin. Ta’kidlanishicha, Ahmad bin Ali stadioni JCH-2022ning yana 6 ta uchrashuviga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.

Keyingi turda Uels terma jamoasi 25-noyabr kuni eronliklar bilan bahslashishadi, AQSh terma jamoasi esa 26-noyabr kuni Angliya bilan maydonga tushishi kutilmoqda.