Jeff Bezos bir kunda 8 milliard dollar ishlab topdi

Fond birjasidagi qimmatbaho qog'ozlar savdosi Jeff Bezosga bir kunda 8 milliard dollar olib keldi. Dunyodagi eng boy odamning boyligi rekord darajadagi 211 milliard dollarga yetdi.

Jeff Bezosning boyligi Amazon qimmatbaho qog'ozlari 4,7 foizga ko'tarilishi natijasida oshdi. Bu milliarderlar reytingidagi mutlaq rekorddir, chunki bundan oldin Tesla va SpaceX asoschisi Elon Mask qisqa vaqt ichida 210 milliard dollar mablag'ga ega edi.

Xabar qilinishicha, Bezos ishlab topgan puliga iyul oyi oxirida ukasi bilan kosmosga uchib ketmoqchi.