Jeff Bezos o'limga qarshi dori yaratish uchun 3 milliard dollar sarmoya kiritdi

Loyihaning birinchi ishtirokchilaridan biri Britaniyaning GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyasining sobiq bosh olimi Xel Barron bo‘ldi. G‘oyani amalga oshirishga Nobel mukofoti sovrindorlari Shinya Yamanaka va Jennifer Doudna ham qo‘shildi.

Olimlar hujayralarni qayta dasturlash jarayonini, ya'ni ularning ildiz holatiga qaytishini o'rganish orqali "o'limga qarshi dori" yaratishni rejalashtirmoqda. Gazetaning ta'kidlashicha, loyiha muvaffaqiyatli bo'ladimi yoki yo'qligi noma'lumligicha qolmoqda. Ammo, tadqiqotchilar keksayishga qarshi kurash sohasida yangi kashfiyotlar qilishlari taxmin qilinmoqda.

Sizchi, abadiy yashashni xohlaysizmi?