Jeyms Webb teleskopi Yupiter sayyorasining noodatiy ko'rinishini suratga oldi

Jeyms Webb teleskopi Yupiter sayyorasining iyul oyida olingan suratlarini namoyish qildi. Eng katta sayyoraning shimoliy va janubiy yorug‘liklari, aylanib yuruvchi qutb tumanlarining misli ko‘rilmagan manzaralarini ushbu suratda yaqqol aks etgan.
“Biz Yupiterni hech qachon bunday ko'rmaganmiz. Bularning barchasi aql bovar qilmas holat”, - dedi Berklidagi Kaliforniya universitetining sayyora astronomi Imke De Pater.






