Jizzax shahrida Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi

16-17-mart kunlari Jizzax shahrida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, vazirlik huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi hamda Jizzax viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada 213 ta korxona quyidagi yo‘nalishlarda 1500 dan ortiq mahsulotlarni namoyish etdi:

-qurilish materiallari;
-avtomobilsozlik;
-elektrotexnika;
-yengil sanoat;
-farmatsevtika.

Ikki kun davom etgan yarmarka mahalliy korxonalarga import tovarlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va buyurtmalar portfelini shakllantirish imkonini berdi.

Yarmarka 2023-yil oktyabr oyiga qadar respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich davom etadi.