Jizzaxda «INNO» texnoparki barpo etiladi

Innovatsion rivojlanish agentligi xabariga ko’ra, Jizzax shahrida INNO texnoparki quriladi. Ma’lum qilinishicha, obyektni qurish ishlar boshlanishi tender o‘tkazilganidan so‘ng, mart oylarida boshlanadi. Mazkur INNO texnopark loyihachisi “D&B Masters” kompaniyasi hisoblanadi.

Bugungi kunda texnopark uchun Jizzax shahri “Sangzor” MFY hududidan 7294 kv.m maydonda bino qad rostlashi mumkin.

Qayd etilishicha, loyiha haqida pudratchi va loyiha tashkilotlariga ma’lumot berish maqsadida, dastlab, 17-yanvar kuni Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati IK majlislar zalida va 18-yanvar kuni Jizzax shahridagi IT-park binosida uchrashuv bo’lib o’tgan.

P.S. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparklari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko'ra, Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus shaharlarida 2023-2026-yillarda bosqichma-bosqich tashkil etilishi ko'zda tutilgan.