Jizzaxda Qozon Federal universiteti filiali ochildi

Prezident qaroriga muvofiq Jizzax shahrida Milliy Universitet bilan hamkorlikda keng qamrovli Qozon Federal Universiteti filiali tashkil etildi va 2022/2023 o'quv yilida faoliyatini boshlaydi.

Filialda quyidagi bakalavriat va magistratura yo'nalishlari mavjud:
- geologiya;
- dasturiy injiniring;
- iqtisodiyot;
- mashinasozlik;
- davolash ishi;
- stomatologiya;
- farmatsiya;
- tibbiy biokimyo.

Universitetda o'qish kunduzgi, sirtqi va boshqa ta'lim shakllarida olib boriladi. Qabul parametrlari esa, vazirlik va idoralarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojini hisobga olib Filial tomonidan tasdiqlanadi.

Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

2022 yil yakunigacha Filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.