Jo Bayden ijtimoiy tarmoqlarda vaktsinalar haqidagi yolg'on xabarlarni tanqid qildi

AQSh prezidenti Jo Baydenning so'zlariga ko'ra, yolg'on xabarlar tarqatishga yo'l qo'yilsa, odamlar "emlanmaganlar orasida pandemiya" paydo bo'lishiga imkon tug'diradi.
“Ular odamlarni o'ldirishadi. Bizda mavjud bo'lgan yagona pandemiya - bu emlanmaganlar orasida pandemiya, - dedi prezident.
Shuningdek, koronavirus asoratlari tufayli kasalxonalarda yotgan amerikaliklarning 99,5% emlanmagan odamlar ekanligi qayd etildi.






