Joriy yilda 11 ming 760 nafar o’qishga kira olmagan bitiruvchilar bandligi ta’minlandi

2021 yilda o‘qishga kira olmagan qariyb 11 ming 800 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash uchun 35,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent yoshlar forumi doirasidagi yoshlarga murojaatida ma’lum qildi.
— Joriy yilda 11 ming 760 nafar o‘qishga kira olmagan bitiruvchi bandligi ta’minlandi, - dedi shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev . - Ularning 4 ming 707 nafari ishga joylashtirildi, 1 ming 9 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshladi, 2 ming 307 nafari "1+1" loyihasi doirasida tadbirkorlarga biriktirildi, 3 ming 737 nafari esa kasb-hunarga o‘qitildi. Ushbu maqsadlar uchun 2021 yilda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 35,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.






