Joriy yilda 250 million dollarlik 86 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan

Davlatimiz rahbari qilinishi lozim bo’lgan navbatdagi ishlarni belgilab berdi.

Joriy yilda ishlab chiqarishni kamida 20 foizga oshirish vazifasi qoʼyildi.

“Oʼzeltexsanoat” uyushmasi raisi yangi loyihalar boʼyicha izlanishi shartligi koʼrsatib oʼtildi.

Misol uchun, 2021-yilda oʼzimizda ishlab chiqarish mumkin boʼlgan 1,3 mlrd dollarlik elektrotexnika mahsulotlari import qilingan.

Joriy yilda 500 ming xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Bu, ularga suv isitish qozon va quyosh kollektorlari, suv hisoblagichlari kerak, degani.

Toshkent va Namanganda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish boʼyicha loyihalarni boshlashga koʼrsatma berildi.

Umuman, joriy yilda 250 million dollarlik 86 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.

“Jizzaxda 1 ta, Qoraqalpogʼiston, Qashqadaryo va Surxondaryoda 2 tadan, Buxoro, Namangan va Xorazmda 3 tadan loyihani ishga tushirish boʼyicha rejalar meni qoniqtirmaydi. Har bir viloyat hokimida kamida 100 million dollarlik yangi elektrotexnika loyihalari boʼlishi shart”, dedi Prezident.