Joriy yilda iqtisodchilar Germaniya YaIMning 3,7 foizga o'sishini kutmoqdalar

Germaniya iqtisodiyoti joriy yilda sezilarli darajada tiklanishni boshlaydi. Kecha Galledagi Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (IWH) tomonidan e'lon qilingan prognozga ko'ra, mamlakat YaIM 3,7 foizga oshadi.

Birinchi chorakda pandemiya cheklovlari tufayli iqtisodiy ko'rsatkichlarning pasayishi davom etadi, ammo iqtisodchilar yaqin kunlarda cheklovlarning bosqichma-bosqich olib tashlanishini kutmoqdalar. "Talabning tezkor tiklanishi hamda davlatning qo’llab-quvvatlash choralari uy xo’jaliklarining daromadlari umuman olganda barqaror ekanligidan dalolat beradi", deya ta’kidladi IWH vitse-prezidenti Oliver Xoltemyoller.

Institut mutaxassislari 2022 yilda Germaniyada iqtisodiy o'sish davom etadi, deb umid qilishmoqda. IWH prognoziga ko'ra, kelgusi yilda u 3,6 foizni tashkil qiladi.

2020 yilda YaIM 4,9 foizga pasayganidan so'ng, mutaxassislar Germaniya iqtisodiyotining tiklanish tezligini optimistik ruhda baholashmoqda. Shunday qilib, Germaniya Sanoat Federal birlashmasi (BDI) yanvar oyida Germaniyada YaIMning 3,5 foizga o'sishini prognoz qildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel mamlakatlar o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.