JPMorgan yil yakuniga qadar yetakchilikni saqlab qola oladimi?

JPMorgan Chase uch yildan buyon ketma-ket ravishda Amerikaning eng yirik kompaniyasi reytingini ushlab turibdi. Ushbu yirik bank aktsiyalarining umumiy rentabelligi bir yilda 81 foizga o'sib, 1 dona aksiya bahosi yillik ko'rsatkichi 153 dollardan oshganini ko'rsatmoqda.

Uning aktivlari oxirgi yil ichida deyarli 17,5 foizga, ya'ni 3,7 trln. dollarga o'sdi. Bu esa, JPMorganni jahonning eng yirik kompaniyalari reytingida o'z o'rnini egallab turishiga sabab bo'ldi.

 

<p style="margin: 0px; text-overflow: ellipsis; overflow-wrap: break-word; color: rgb(23, 43, 77); font-family: -apple-system, BlinkMacSystemFont, " segoe="" ui",="" roboto,="" "noto="" sans",="" ubuntu,="" "droid="" "helvetica="" neue",="" sans-serif;="" font-size:="" 14px;"="">Global 2000 reytingi, Amerikaning yirik kompaniyalari bu yil pandemiya holati davom etayotganligiga qaramay, qanday qilib muvaffaqiyatga erishganligini ko'rsatadi. Biroq, yil yakuniga qadar ushbu kompaniyalar iste'molchilarning o'zgarib borayotgan xohish-istaklaridan kelib chiqib, hozirgi ko'rsatkichni ushlab qola oladilarmi? Kompaniyalar o'sishi yoki pasayishi mumkinmi? Bularning bari hozircha aniq emas. Lekin, Global 2000 ro'yxatidagi Djeymi Daymonning yetakchi kompaniyasi barqaror iqtisodiy o'sishini bashorat qilmoqda.