JSST Hindiston siroplari iste’moli xavfidan ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistondagi Maiden Pharmaceuticals korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 4 ta yo‘talga qarshi sirop Gambiyada 66 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lganligi haqida barcha davlatlarni ogohlantirdi. Ammo, xavf faqatgina Gambiya bilan chegaralanmaganligi ham ta'kidlagan. Chunki bu dorilar G‘arbiy Afrika mamlakatidan tashqarida ham tarqatilganligi ehtimoldan holi emas.
Quyida dorilar nomi keltirilgan: Promethazine Oral Solution (Prometazin, ichimlik eritma), Kofexmalin Baby Cough Syrup (Kofeksmalin bolalar yo'tal siropi), Makoff Baby Cough Syrup (Makoff bolalar yo'tali siropi) va Magrip N Cold Syrup (“Magrip N” shamollashdan sirop).
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar ishlab chiqaruvchi JSSTga ushbu mahsulotlarning xavfsizligi va sifati bo'yicha hech qanday kafolat hujjatlarini taqdim qilmagan.
To'rtta preparatning laboratoriya tahlillari ular tarkibida juda yuqori darajadagi ifloslantiruvchi moddalar - etilenglikol va diyetilenglikol mavjudligi aniqlangan. Etilenglikol va diyetilenglikol odamlar uchun zaharli bo'lib, o'limga olib kelishi mumkin.
Zaharlanish belgilari orasida qorin og'rig'i, qayd qilish, diareya, bosh og'rig'i, ruhiy holatning o'zgarishi va o'limga olib keladigan o'tkir buyrak shikastlanishi ko’rsatilgan.






