JSST maymun chechagiga yangi nom beradi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymunchechakga yangi nom berish maqsadida mutaxassislar bilan ish olib borayotganini e’lon qildi. Tashkilot bu qarorga o'tgan hafta 30 dan ortiq olimlar virus va u keltirib chiqaradigan kasallik uchun "kamsituvchi va qoralovchi" bo’lmagan nomni shoshilinch tarzda tanlash kerak, deb fikr bildirganlaridan keyin keldi.

Ularning ta'kidlashicha, virusga Afrikadan kelib chiqqan deya murojaat qilishning o’zi noto'g'ri va kamsituvchi xarakterga ega.

So‘nggi haftalarda dunyo bo‘ylab 1600 ga yaqin kasallik holati qayd etilgan.

Maymun chechakdan halok bo’lish holati allaqachon endemik hisoblangan mamlakatlarda 72 bora qayd etilgan bo'lsa, Buyuk Britaniya kabi yangi kasallangan 32 mamlakatda hali kuzatilganicha yo’q.

12 iyun holatiga ko‘ra, Angliyada 452 ta, Shotlandiyada 12 ta, Shimoliy Irlandiyada 2 ta va Uelsda 4 ta holat tasdiqlangan.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kelgusi hafta favqulodda yig'ilish o'tkazib, epidemiyani jamoaviy yoki xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb tasniflashini aytdi.